Daryo

“Ular menga 3 baravar ko‘p pul taklif qilgandi” – Neymar 2013-yili nega “Real”ga o‘tmaganini aytdi

“Barselona” braziliyalik futbolchini 88 mln yevroga sotib olgandi

1 daqiqa o‘qish25 830 ko‘rishlar0 izoh0

“Santos” hujumchisi Neymar 2013-yili nima uchun “Real Madrid”ga emas, “Barselona”ga o‘tgani haqida gapirdi.

Foto: Getty Images

“O‘shanda ‘Real Madrid‘ ‘Barselona‘ga nisbatan 3 baravar ko‘p pul taklif qilgandi. Ular menga istagan narsamni berishlarini maʼlum qilishgandi. Biroq meni yuragim faqat ‘Barselona‘ derdi.

‘Barsa‘ safida men uchun afsona bo‘lgan Ronaldinyo o‘ynagandi. Shuningdek, meni orzum Messi bilan bir jamoada harakat qilish edi. Shu sababli men Kataloniya klubini tanlaganman”, — dedi Neymar.

Maʼlumot uchun, “Barselona” braziliyalik futbolchini 88 mln yevroga sotib olgandi. Futbolchi kataloniyaliklar safida 2017-yilgacha faoliyat olib bordi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar