Daryo

Afsonaviy Messi, Suares va Neymar triosi yana bir jamoada o‘ynashi mumkin

“Inter Mayami” klubi rahbariyati braziliyalik hujumchini jamoaga olib kelish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

1 daqiqa o‘qish1 776 ko‘rishlar0 izoh2

“Santos” va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin. Daily Mail nashrining xabar berishicha, “Inter Mayami” klubi rahbariyati futbolchini jamoaga olib kelish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Manbaga ko‘ra, hozircha tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlanmagan. Biroq futbolchining AQSH klubiga o‘tishi, ayniqsa Jahon chempionati arafasida har tomonlama foydali bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Chunki mundial aynan ushbu mamlakatda bo‘lib o‘tadi va hujumchi uchun AQSH futboliga moslashish jarayoni soddalashadi.

Bundan tashqari, “Inter Mayami” jamoasi asosiy yetakchilari — Lionel Messi va Luis Suares bilan shartnomalarni uzaytirish ustida ish olib bormoqda. Neymar ushbu futbolchilar bilan 2014-yildan 2017-yilgacha “Barselona” safida birga to‘p surgan. Mazkur uchlik birgalikda 364 ta gol va 173 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Ma’lumot uchun, Neymar 2025-yil yanvaridan buyon Braziliyaning “Santos” jamoasida o‘ynamoqda. Transfermarkt portali futbolchining narxini 11 million yevroga baholagan. U hozirga qadar “Santos” tarkibida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar