Daryo

Neymar: “Tarixdagi eng yaxshi yarim himoyachi — Andres Inyesta”

Braziliyaning “Santos” klubi hujumchisi futbol tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachi haqida gapirdi

1 daqiqa o‘qish6 158 ko‘rishlar0 izoh0

Braziliyaning “Santos” klubi hujumchisi Neymar futbol tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachi kimligi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda Championat nashri xabar berdi.

Foto: Daily Mail

Uning fikricha, bu nomga “Barselona” afsonasi, ispaniyalik futbolchi Andres Inyesta munosib:

Andres Inyesta – men ko‘rgan eng kuchli yarim himoyachi. Uning o‘yini aqlbovar qilmaydigan darajada. Inyestani juda samimiy va chinakam afsona sifatida hurmat qilaman. Andres “Oltin to‘p” olmasa ham, uning qanday darajadagi o‘yinchi ekani barchaga ayon. U hech kimga o‘xshamaydi, chunki boshqalardan butunlay farq qiladi. Inyestada nafislik va maydondagi tabiiy intellekt mujassam, — deya Neymarning so‘zlarini keltiradi Give Me Sport.

Eslatib o‘tamiz, Andres Inyesta 2024-yilning oktyabr oyida professional futbolchilik faoliyatini rasman yakunlaganini e’lon qilgan edi. Uning so‘nggi klubi — Birlashgan Arab Amirliklarining “Emireyts” jamoasi bo‘lgan.

Inyesta “Barselona” maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub tizimida 22 yil davomida faoliyat yuritib, kataloniyaliklar safida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Jumladan, u “Barselona” bilan 9 marta La Liga, 4 marta Chempionlar Ligasi va boshqa ko‘plab turnirlar g‘olibiga aylangan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar