Daryo

Neymar “Barselona”ni tark etayotganda, Messi unga nima deganini ma’lum qildi

Braziliyalik futbolchi 2017-yil Kataloniya klubini tark etgandi

1 daqiqa o‘qish54 544 ko‘rishlar0 izoh0

“Barselona”ning braziliyalik sobiq hujumchisi Neymar, 2017-yilda katalon klubini tark etishi oldidan sobiq jamoadoshi Lionel Messi unga nima deganini oshkor qildi.

Neymarning aytishicha, Messi uni bu qarordan qaytarishga harakat qilgan.

“Nega ketmoqchisan? Men seni dunyoning eng yaxshisi qilishni maqsad qilganman”, deya Messining so‘zlarini esladi Neymar.

Neymar “Barselona” safida 2013-yildan 2017-yilgacha to‘p surgan. U shu vaqt ichida barcha turnirlar doirasida 186 ta o‘yinda maydonga tushib, 105 ta gol urgan va 76 ta golli uzatma amalga oshirgan. Messi “Barselona”ni 2021-yilning yozida tark etdi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar