Daryo

Ispaniya Oliy sudi Neymar va “Barselona”ning sobiq rahbarlarini oqladi

Neymarning huquqlariga egalik qilgan Braziliyaning DIS kompaniyasi transfer summasining 40 foiziga da’vogarlik qilgan edi. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, kelishuvning asosiy qismi yashirilgan, natijada ular belgilanganidan kamroq mablag‘ olishgan.

1 daqiqa o‘qish2 826 ko‘rishlar0 izoh2

Ispaniya Oliy sudi braziliyalik hujumchi Neymarning “Santos”dan “Barselona”ga o‘tishi bo‘yicha ko‘p yillik sud jarayoniga nuqta qo‘ydi. Sud futbolchi, shuningdek, klubning sobiq prezidentlari Sandro Rosel va Xosep Mariya Bartomeuga nisbatan korrupsiya va firbgarlik ayblovlari bo‘yicha chiqarilgan oqlov hukmini o‘z kuchida qoldirdi.

Oliy sudning Jinoiy palatasi DIS investitsiya kompaniyasi tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyatini rad etdi. Sud qarorida qayd etilishicha, transfer jarayonida jinoyat tarkibi aniqlanmagan va ayblovlar asossiz deb topilgan.

Neymarning huquqlariga egalik qilgan Braziliyaning DIS kompaniyasi transfer summasining 40 foiziga da’vogarlik qilgan edi. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, kelishuvning asosiy qismi yashirilgan, natijada ular belgilanganidan kamroq mablag‘ olishgan.

Ma’lumot uchun, 2013-yilda “Barselona” Neymarni “Santos”dan sotib olgan. Xujjatlarda transferning rasmiy qiymati 57,1 million yevro etib ko‘rsatilgan (shundan 17,1 millioni “Santos” klubiga, 40 millioni esa futbolchining ota-onasiga tegishli kompaniyaga o‘tkazilgan). Biroq braziliyalik investorlar aslida kelishuv summasi 83 million yevrodan oshganini da’vo qilib, sudga murojaat qilgan edi. Ushbu ish bo‘yicha sud jarayonlari 2016-yildan buyon davom etib kelayotgan edi. 2022-yil dekabrida Ispaniya Milliy sudi barcha ayblanuvchilarni oqlagan, Oliy sudning hozirgi qarori esa ushbu nizolarga yakuniy huquqiy bahoni berdi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar