Daryo

Indoneziya sharqida 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Amerikalik seysmologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 151,4 km chuqurlikda bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish5 152 ko‘rishlar0 izoh0

Indoneziya sharqidagi Banda dengizi akvatoriyasida 5,6 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmatining Oltoy-Sayan bo‘limi xabar berdi.

Oltoy-Sayan filialidan olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, 1-mart, shanba kuni qayd etilgan zilzila epitsentri Ambon shahridan 387 km janubi-sharqda xuddi shu nomdagi orolda joylashgan.

Foto: Google Images

Epitsentrdagi silkinish intensivligidan kelib chiqib, zilzila “kuchli” deb baholanadi.

AQSH Geologik xizmati ham zilzila magnitudasi 5,6 ni tashkil qilganini ma’lum qilgan. Amerikalik seysmologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 151,4 km chuqurlikda bo‘lgan.

Avvalroq Turkiya hukumati Santorini orolidagi seysmik faollik sabab ehtimoliy zilzila va sunamiga tayyorgarlikni boshlagani xabar qilingandi.

Qirg‘oqbo‘yi hududlari aholisini ogohlantirish maqsadida Izmir, Aydin va Mug‘lada mobil sirena tizimlari ishga tushdi, SMS xabarnomalar yuborish yo‘lga qo‘yilgan.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar