Daryo

Indoneziyada Semeru vulqoni otildi: 178 nafar alpinist qutqarildi (video)

Qutqarib olinganlar vulqon otilgan vaqtda 3676 metr balandlikdagi cho‘qqiga ko‘tarilgan. Ularning kuldan zaharlangani taxmin qilinmoqda.

2 daqiqa o‘qish1 895 ko‘rishlar0 izoh1

Indoneziyada 19-noyabr kuni Yava orolining eng baland nuqtasi bo‘lgan Semeru vulqoni to‘satdan otildi. Hodisa oqibatida xavf ostida qolib ketgan 178 nafar kishi 20-noyabr kuni qutqarib olindi. Bu haqda The Independent xabar berdi.

Jami 178 kishi – alpinistlar, yuk tashuvchilar, yo‘lboshchilar va sayyohlar – Sharqiy Yavaning Lumajang tumanidagi 3676 metr balandlikda joylashgan (Mahameru nomi bilan ham tanilgan) cho‘qqiga ko‘tarilayotgan bo‘lgan. Ular vulqon kutilmaganda otilganda Ranu Kumbolo lager maydonida qolib ketgan. Rasmiylarning ta’kidlashicha, lager maydoni 8 kilometrlik asosiy xavf zonasidan tashqarida joylashganini ta’kidlamoqda. Biroq alpinistlar vulqon kuliga duch kelib, zaharlangan bo‘lishi mumkin.

Indoneziya Geologiya agentligi rahbari Muhammad Vafidning ta’kidlashicha, Sharqiy Yava provinsiyasidagi Semeru vulqoni 19-noyabr kuni to‘xtovsiz qaynoq kul bulutlari hamda tosh, lava va gaz aralashmasi oqimlarini 13 kilometr masofagacha otgan. Vafid tog‘ yon bag‘irlaridan piroklastik zichlik oqimlari (kuygan gaz, kul va tosh) harakati sodir bo‘lganini aytgan.

U odamlarni lava oqimi yo‘li bo‘lgan Besuk Kobokan daryosi bo‘ylab harakatlanuvchi hududlardan uzoq turishga chaqirgan va xavf zonasining kengaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotganini qo‘shimcha qilgan.

Qurbonlar qayd etilmadi

Ofatlarni bartaraf etish milliy agentligi vakili Abdul Muharining aytishicha, Lumajang tumanidagi eng yuqori xavf ostida bo‘lgan uchta qishloqdagi 1000 ga yaqin aholi hukumat boshpanalariga evakuatsiya qilingan. Hech qanday qurbonlar haqida xabar berilmagan.

Semeruning so‘nggi yirik otilishi 2021-yil dekabr oyida qayd etilgan edi. O‘shanda loy qatlamlari ostida qolgan qishloqlarda 51 kishi halok bo‘lgan va yuzlab kishi kuyish jarohatlarini olgan edi. Hodisada 10 000 dan ortiq kishini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan.

Zilzila xavfi ham mavjud

Germaniya Geofanlar tadqiqot markazi 20-noyabr kuni Indoneziyaning Seram orolida 6 magnitudali zilzila sodir bo‘lganini ma’lum qilgan. Zilzila epitsentri 136 kilometr chuqurlikdaligi qayd etilgan. 280 milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan Indoneziya Tinch okeanining “Olov halqasi” deb ataladigan hududida joylashgan bo‘lib, bu yer zilzilalar va vulqon faolligiga moyil. 

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar