Daryo

Gvatemalada avtobus ko‘prikdan quladi, 51 kishi halok bo‘ldi (video) 

Mamlakatda milliy motam e’lon qilindi. Qurbonlar soni ortishi mumkin

1 daqiqa o‘qish10 953 ko‘rishlar0 izoh0

Gvatemala poytaxtida yo’lovchi avtobusi ko‘prikdan qulab tushishi oqibatida kamida 51 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Foto: Reuters

 

Hodisa bir nechta transport vositasining to‘qnashuvi tufayli sodir bo‘lgani aytilmoqda. Avtobus Gvatemalaning shimoli-sharqida joylashgan Progreso shahridan kelayotgan bo‘lgan. U 35 metr balandlikdan oqova suvli jarlikka qulagan. U ag‘darilib, yarmigacha suv ostida qolgan. Bir necha kishi jiddiy jarohat olgan. 

Ta’kidlanishicha, 36 nafar erkak va 15 nafar ayolning jasadi topilgan. Qurbonlar orasida bolalar ham bo‘lgan. Gvatemala prezidenti Bernardo Arevalo hamdardlik bildirib, mamlakatda milliy motam e’lon qilgan. Hozirda avtobus tormozining nosozligi hodisaga sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Foto: Reuters

Avtobus ostidan qolgan odamlarni qutqarish harakatlari olib borilmoqda. Voqea joyiga favqulodda xizmatlar yuborilgan, yo‘l-patrul xizmati esa avariya sodir bo‘lgan hududda muqobil yo‘nalishlar yaratish ustida ishlamoqda.

1-fevral kuni Tailandda sayyohlarni olib ketayotgan avtobus 15 metr balandlikdan qulab tushgandi. Hodisa oqibatida 9 kishi jarohatlangan. Ular orasida Rossiya va Xitoy fuqarolari ham bo‘lgandi.

2024-yilning 21-dekabr kuni esa Braziliyaning janubi-sharqida avtobus yengil avtomobil va yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 38 kishi halok bo‘lgandi. Avariya avtobus g‘ildiragi yorilishi ortidan sodir bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yuk mashinasiga borib urilgandi.

Sentyabr oyida esa Rossiyada ichida gandbol muxlislari bo‘lgan avtobus YTHdan so‘ng yonib ketgan, oqibatda 49 kishidan 17 nafari jarohat olgan, yuk mashinasi haydovchisi esa vafot etgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar