Daryo

Gvatemala Qurolli kuchlar bosh shtabining sobiq boshlig‘iga qariyb 3 ming yillik qamoq jazosini so‘radi

92 yoshli sobiq harbiy 1978-yildan 1982-yilgacha mahalliy aholini qirg‘in qilishda ishtirok etganlikda ayblanmoqda

1 daqiqa o‘qish6 233 ko‘rishlar0 izoh0

Gvatemala Qurolli kuchlari bosh shtabining sobiq rahbari Benedikto Lukas Garsiya genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun qariyb 3000 yilga qamoqqa hukm qilinishi mumkin.

Bu haqda Le Figaro nashri yozmoqda.

92 yoshli qariya 1978-yildan 1982-yilgacha mahalliy aholini qirg‘in qilishda ishtirok etganlikda ayblanmoqda. Umumiy qurbonlar soni 1200 kishidan oshdi.

Foto: “Report.az”

Prokuratura materialida aytilishicha, sudlanuvchi “mayya Iksil” etnik guruhini yo‘q qilishga uringani aytiladi. Fuqarolar urushi paytida Gvatemala qurolli kuchlari ushbu guruh a’zolarini “ichki dushman” deb hisoblagan.

Garsiya hozirda 58 yillik qamoq jazosini o‘tamoqda.

Nashrning ma’lum qilishicha, Lukas Garsiya sog‘lig‘i sababli harbiy gospitalga o‘tkazilgan. U yerdan videokonferensaloqa orqali sud majlislarida ishtirok etib, yangi ish bo‘yicha sud majlisini kuzatib bormoqda.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar