Daryo

Toshkentda BYD katta tezlikda avtobusga borib urildi (video)

Poytaxt YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi

1 daqiqa o‘qish26 483 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahrida BYD katta tezlikda Yutong avtobusiga borib urildi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Foto: Toshkent shahar YHXB

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat 8-fevral kuni soat 07:15 larda Yunusobod tumani TXAY ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1983-yilda tug'ilgan haydovchi A.S. boshqaruvidagi BYD 1992-yilda tug'ilgan haydovchi S.A. boshqaruvida bo‘lgan Yutong rusumli avtobus orqasiga borib urilgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkentda 8-fevral kuni mast holatdagi haydovchilar ishtirokida ikkita YTH sodir bo‘lgandi. Qarshida drift qilishga urinish oqibatida ikki yigit halok bo‘lgandi. 

O‘zbekistonda 2024-yilda 9364 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 2203 kishi vafot etgan, 8901 nafari tan jarohati olgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar