Daryo

Farg‘onadagi ayrim OTMlar qayta tashkil etiladi 

Xususan, Farg‘ona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti tashkil etiladi

1 daqiqa o‘qish19 454 ko‘rishlar0 izoh0

“Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qarorga ko‘ra, quyidagi universitetlar qayta tashkil etiladi:

  • Farg‘ona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti;
  • Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali negizida Qo‘qon davlat universiteti;
  • O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialini qo‘shib yuborish yo‘li bilan Farg‘ona davlat universiteti.

2025/2026-o‘quv yilidan mazkur universitetlarning malaka talablari va o‘quv dasturlari yuqori 300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining dasturlari asosida ishlab chiqiladi. Iqtidorli talabalar uchun darslar xorijiy tillarda o‘qitiladigan alohida guruhlarda tashkil etiladi;

Farg‘ona davlat texnika universitetida Ilg‘or muhandislik maktabi va spin-off korxonalari faoliyati tashkil etiladi hamda yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.

Tugatilayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini yangidan tashkil etilgan tegishli universitetlarda davom ettiradi.

O‘zbekistonda tashkil etilayotgan texnika universitetlari haqida 

Farg‘ona texnika universiteti tashkil etilishi haqida 22-yanvar kuni oliy taʼlim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimotda ma’lum qilingandi. Umuman, bu yo‘nalishdagi 35 ta muassasani yiriklashtirish hisobiga, 22 ta texnika universiteti tashkil qilinadi. Shu yil oxirigacha yana 17 ta muhandislik maktabi ochiladi.

2024-yil 20-iyunda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari har bir hududda texnika oliygohi va ilg‘or muhandislik maktablari tashkil qilish vazifasini qo‘ygan edi. Hozirgacha Termiz, Andijon va Qarshi Buxoro, Namangan va Nukusda texnika universitetlari tashkil etildi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar