Daryo

O‘zbekiston va Turkmaniston TIV o‘rtasida ikki muhim hujjat imzolandi

Baxtiyor Saidov Rashid Meredov bilan hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini muhokama qildi

1 daqiqa o‘qish30 442 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida ikkita muhim hujjatni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining sahifasida xabar berdi.

Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov

Bular:

  • 2025—2026-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma hamkorlik dasturi;
  • Shartnomaviy-huquqiy bazani inventarizatsiya qilish va takomillashtirish to‘g‘risida protokol.

Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlarda bir-birlarining nomzodlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida notalar almashdi.

Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov
“Ikki qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish kun tartibimizdagi eng ustuvor yo‘nalishdir. O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarimizning ijobiy yo‘nalishining doimiyligini ta’minlashda mustahkam va uzoq muddatli poydevor yaratdilar”, deb yozdi Baxtiyor Saidov.
Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov

Uning bildirishicha, muhokamalar davomida hamkorlikning hech bir jihatini e’tibordan chetda qoldirmagan holda barcha yo‘nalishlar qamrab olindi. 2025-yil kun tartibi barcha darajalar va sohalarda rejalashtirilgan qator intensiv almashinuvlarga boy.

Rashid Meredov shu kuni Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘ldi. Suhbat davomida O‘zbekiston—Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikning yangi keng qamrovli kun tartibini shakllantirish, bo‘lajak oliy darajadagi tashriflar, mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi va “Markaziy Osiyo plyus” formatidagi sammitlarga tayyorgarlik ko‘rishga alohida eʼtibor qaratildi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar