Daryo

Tramp Putin u bilan uchrashmoqchi ekanini aytdi

AQSHning saylangan prezidenti urushni tugatish muhokama qilinishini ta’kidladi

1 daqiqa o‘qish9 156 ko‘rishlar0 izoh0

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin u bilan uchrashish istagini bildirgani, bunga tayyorgarlik ko‘rilayotganini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

“U (Putin) uchrashmoqchi. Biz tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Prezident Putin uchrashuv o‘tkazishni xohlaydi, u buni hatto ochiqchasiga ham aytdi. Biz (urushga) yakun yasashimiz kerak”, dedi Tramp.

U Putin va Xitoy raisi Si Szinpin ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish ehtimoliga keyinroq aniqlik kiritishini aytdi.

“Tramp uchrashuv qachon o‘tkazilishi mumkinligini ham aniqlamagan”, deydi Reuters.

Kreml Trampning so‘zlariga hozircha izoh bermagan. Biroq Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov agar Tramp 20-yanvar kuni inauguratsiyadan keyin Rossiya prezidenti bilan bog‘lanish niyatida qolsa, Moskva buni faqat olqishlashini aytgandi.

“Agar lavozimga kirishganidan keyin oliy darajadagi aloqalarni tiklash uchun siyosiy iroda saqlanib qolsa, albatta, prezident Putin buni faqat olqishlaydi”, degan u.

Ehtimoliy uchrashuv

Tramp avvalroq Putin bilan muzokaralar u lavozimga kirishganidan keyin olti oy ichida o‘tishini taxmin qilgandi. Peskov hozircha Amerika tomonidan bunday uchrashuvga so‘rovlar kelib tushmaganini aytgan. Putinning o‘zi dekabr oyida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Tramp bilan uchrashishga tayyorligini bildirgan.

Noyabr oyida, Trampning prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasidan bir hafta o‘tgach, Washington Post gazetasi saylangan prezident Putin bilan telefon orqali gaplashganini va Ukrainadagi urushni muhokama qilganini yozgandi. Kremldagilar bu ma’lumotni “sof uydirma” deb atagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar