Daryo

Xavfli oziq-ovqat mahsulotlari tufayli dunyoda har yili 600 millionga yaqin inson jabrlanadi — JSST

Uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini yeyish oqibatida ko‘ngil aynishi, bezovtalik, qayt qilish kabilar kuzatilsa, darhol tibbiyot xodimiga murojaat qilish zarur

1 daqiqa o‘qish20 156 ko‘rishlar0 izoh0

Xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida dunyoda har yili 600 millionga yaqin inson jabrlanadi. 

Bu haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga tayanib Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlik qo‘‌mitasi  boshqarma boshlig‘i Abdurahmon Ismoilov ma’lum qildi.

“Ovqatdan zaharlanishning eng og‘ir turi bo‘lgan botulizm kasalligi haqida ko‘p eshitgansiz va uning kelib chiqishiga aksariyat hollarda uy sharoitida tayyorlangan konserva (marinovka) mahsulotlari sabab bo‘layotganligini ham esingizga solib o‘tmoqchimiz. 

Foto: Google Images

Shu bois ham uy sharoitlarida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida ko‘ngil aynishi, bezovtalik, qo‘rquv, qayt qilish, ovozning bo‘g‘ilishi, narsalarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi, ko‘z oldining xiralashishi kabilar kuzatilsa darhol tibbiyot xodimiga murojaat qiling va zinhor uy sharoitida davolanishga urinmang. 

Ba’zan dasturxonga tortilgan taomlar, noz-ne’matlarning bir paytning o‘zida (issiq va sovuq gazaklar, salatlar, shirinliklar, taomlar va ichimliklar) ko‘p miqdorda yoki aralashtirib iste’mol qilinishi oshqozon ichak faoliyatining buzilishiga, yeyilgan taomning qiyin hazm bo‘lishiga olib keladi”, dedi Abdurahmon Ismoilov.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Yangi yil kuni qanday ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar bergandi.

Ma’lum qilinishicha, jigar, buyrak va oshqozonosti bezi kasalliklari bor kishilarda noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli ushbu xastaliklar kuchayishi ehtimoli yuqori. 

“Sodda qilib aytganda, ovqatga to‘lgan me’daning harakat funksiyasi sustlashadi va oshqozondagi oziq moddalarning shira bilan aralashuvi qiyinlashib, hazm jarayoni izdan chiqadi. Bu kabi noxush holatlarga barham berish uchun mutaxassislar tomonidan, avvalo, ovqatlanish tartibiga qat’iy rioya etish va kun davomida sabzavotli salatlar, oshko‘klar, ho‘l mevalardan oz-ozdan yeyish tavsiya qilinadi. Negaki, tabiiy mahsulotlar tez hazm bo‘ladi, boz ustiga, ular me’damizga og‘irlik qilmaydi”, deyiladi xabarda.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar