Daryo

Toshkent metrosi uchun yana uchta yangi poyezd olib kelindi

Ushbu harakat tarkiblari 9-10 kun texnik sinovdan o‘tkaziladi

1 daqiqa o‘qish28 392 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent metrosi uchun 2024-yil 31-dekabr kuni 3 ta yangi harakat tarkibi — 12 ta metro vagoni olib kelindi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Toshkent metropoliteni” DUK

Ma’lum qilinishicha, ushbu harakat tarkiblari belgilan yo‘riqnomaga asosan, 9-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Transport vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2017-yildan 2019-yilgacha 36 ta poyezd ekspluatatsiya qilingan. 2024-yilga kelib ularning soni 65 taga yetkazildi. 2025-yil yakuniga qadar yana 26 ta zamonaviy tarkib xarid qilinishi rejalashtirilgan.

So‘nggi vaqtlarda metro xizmatiga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Toshkent metropoliteni 16-dekabr kuni birinchi marta bir kunda 1 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Millioninchi yo‘lovchiga jamoat transportidan bir yil davomida bepul foydalanish imkonini beruvchi transport kartasi sovg‘a qilindi.

2025-yil 1-yanvardan  metropolitenda bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif – 3 000 so‘m etib belgilandi. Bunda to‘lov elektron to‘lov tizimi (transport yoki bank kartasi) orqali amalga oshirilganda hozirgidek o‘zgarishsiz qoladi — 1 700 so‘m.

Bugungi kunda metropoliten liniyalarining umumiy uzunligi 71 kilometrga, bekatlar soni esa 50 taga yetkazildi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar