Daryo

Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Kiprdagi elchisi etib tayinlandi

Elchi Kipr prezidenti Nikos Xristodulidisga ishonch yorliqlarini topshirdi

1 daqiqa o‘qish5 502 ko‘rishlar0 izoh0

Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Kiprdagi birinchi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Foto: “Dunyo” AA

Maʼlum qilinishicha, elchi Kipr prezidenti Nikos Xristodulidisga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Kipr yetakchisi xorijiy diplomatlardan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimidagi nutqida yangi elchilarni samimiy qutlab, ularga o‘z vazifalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi. Kipr prezidenti O‘zbekiston bilan munosabatlar istiqbollariga alohida to‘xtaldi. 

“O‘zbekiston bilan ikki tomonlama, shuningdek, Yevropa ittifoqi doirasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratamiz”, dedi prezident Nikos Xristodulidis.

Maʼlumot uchun, O‘zbekiston va Kipr o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1997-yil 30-mayda o‘rnatilgan.

Abat Fayzullayev 2023-yilning oktyabr oyida O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi lavozimiga tayinlangan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar