Daryo

WBA rahbari Inouega Ahmadaliyev bilan jang qilishni buyurdi

Yaponiyalik bokschi yanvarda jang qiladi. Shundan keyin o‘zbekistonlik bokschi bilan jang sanasini kelishib olishi uchun 10 kun vaqt beriladi

1 daqiqa o‘qish36 046 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Murodjon Ahmadaliyev WBA rahbariyatidan ushbu vaznda mutlaq jahon chempioni Naoya Inouega qarshi jang berishlarini talab qilmoqda.

Foto: Boxingscene
“Biz barcha kamarlar uchun jang o‘tkazishni istaymiz. WBA buning uchun o‘z tomonidan barcha zaruriy choralarni qo‘llashini so‘raymiz. Tushunamiz, tashkilot Inouening mashhurligidan kelib chiqib, uning kamarlarini olib qo‘ygisi kelmayapti. Lekin istak sabab qoidalarga qarshi bormaslik kerak”, dedi Murodjonning menejeri Vadim Kornilov BoxingScene nashriga bergan intervyusida.

WBA tashkiloti prezidenti Xilberto Mendosaning xabar berishicha, WBA Inoue 24-yanvar kuni avstraliyalik Sem Gudmanga qarshi jangini o‘tkazib olganidan keyin majburiy ravishda Murodjon Ahmadaliyevdan chempionlik kamarlarini himoya qiladi.

“Inoue va uning jamoasida Gudmanga qarshi jangdan keyin yakuniy qaror qabul qilish uchun 10 kun muhlat bo‘ladi. Shu muddat ichida Naoyaning jamoasi Ahmadaliyevning jamoasi bilan o‘zaro jang bo‘yicha kelishib olishlari lozim”, dedi Mendosa.

Ahmadaliyevning yuristi, yaʼni huquqshunos-advokati Pet Inglish Murodjon Ahmadaliyev nomidan WBA tashklotiga maktub jo‘natdi.

“Bizga vaʼda berishgandi, lekin bu o‘z vaqtida bajarilmadi. Jang belgilash bo‘yicha rezolyatsiya bor edi. Biz hurmat bilan, lekin qatʼi ravishda WBAʼdan imkon qadar tezroq Inouega qarshi jangni belgilashlarini talab qilamiz. Biz Naoyaning Gudmandan keyin yana bir ixtiyoriy himoya jangi o‘tkazishiga mutlaqo qarshimiz. Yaponiyalikning himoya jangi fursati allaqachon kelgan va u majburiyatlarni bajarishi shart”, deyiladi Inglish yozgan maktubda.

Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev 14-dekabr kuni tunda Monte-Karloda tashkil etilgan professional boks oqshomida meksikalik Rikardo Espinozani 3-raunddayoq nokautga uchratib, vaqtinchalik WBA chempioniga aylangan edi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar