Daryo

Rasman: Inoue dekabrda Yaponiyada Sem Gudman bilan jang qiladi

Hozircha bokschining rejasida Murodjon Ahmadaliyev bilan jang yo‘q

1 daqiqa o‘qish12 536 ko‘rishlar0 izoh0

Ikkinchi eng yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue IBF yo‘nalishi bo‘yicha avstraliyalik majburiy daʼvogar Sem Gudman bilan jang qiladi. Bu haqda Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali maʼlum qildi.

Foto: Championat

Unga ko‘ra, jang 24-dekabr kuni Yaponiyada tashkil etiladi. Jang avvalroq eʼlon qilingan edi, ammo rasmiy tasdiqlov bo‘lmagan. Shu sababli bir hafta oldin IBF (Xalqaro boks federatsiyasi) rahbariyati tomonlarni jang sanasi va joyini oshkora eʼlon qilishga chaqirgandi.

Maʼlumot uchun, mazkur vazndagi o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev Naoyaning WBA kamari uchun daʼvogar hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Inoue o‘zining so‘ngi jangini 2024-yil sentyabr oyida o‘tkazgan. Bokschi mutlaq jahon chempionligi unvonini himoya qilgandi. Tokioda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida yaponiyalik sportchi Ti Jey Doeniga qarshi jang qilib, yettinchi raundda uni nokautga uchratgan. Inouening zarbasidan so‘ng Doeni jangni davom ettirolmasligi ma’lum bo‘lgandi.

Promouter Bob Arum yaponiyalik bokschi Naoya Inouening keyingi ikkita jangi kimlarga qarshi bo‘lishini ma’lum qildi. Uning rejalarida o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev yo‘q.

Murodjon Ahmadaliyevning advokati Pet Inglish yaponiyalik mutlaq chempion Naoya Inoue jangdan bosh tortsa, qonuniy chora ko‘rilishini ma’lum qilgandi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar