Daryo

Yaponiyalik Inoue Murodjon Ahmadaliyevning chaqirig‘iga javob berdi

Avvalroq o‘zbekistonlik bokschi Inoue jangdan qochib yurganini iddao qilgandi

1 daqiqa o‘qish135 778 ko‘rishlar0 izoh0

Monte-Karloda o‘tkazilgan jangdan so‘ng Murodjon Ahmadaliyev yana bir bor yaponiyalik bokschi Inouega murojaat qildi.

Bundan avval ham o‘zbekistonlik bokschi bir necha bor Inoueni jangga chaqirgan edi. Bokschi birinchi bor ushbu murojaatlarga javob qaytardi.

“Nima uchun men Tapalesga yutqazgan odamdan qochishim kerak? Bunga umuman hojat yo‘q. Agar jang qilishni istasang, g‘alabangni “qiymatini” ushlab tur va kut!

Men hozir bor eʼtiborimni Gudman bilan jangga qaratganman”, dedi Inoue.

Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliyev kecha Rikardo Espinozani 3-raundda nokautga uchratib, vaqtinchalik WBA chempioniga aylandi.

31 yoshli yaponiyalik Naoya Inoue ayni paytda ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA, WBC, WBO hamda IBF kamarlari sohibi hisoblanadi. Yaponiyalik bokschi 24-dekabr kuni Tokio shahrida tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida avstraliyalik da’vogar Sem Gudmandan IBF chempionlik kamarini himoya qilishga urinib ko‘radi.

Avvalroq Ahmadaliyev IBF’ga yaponiyalik sportchi ustidan shikoyat qilishini ma’lum qilgandi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar