Daryo

Naoya Inoue Murodjon Ahmadaliyev haqida gapirdi

Ushbu ikki bokschi o‘rtasidagi jang 14-sentyabr kuni Tokioda o‘tkazilishi mumkin

1 daqiqa o‘qish65 286 ko‘rishlar0 izoh0

Super yengil vazn toifasining mutlaq chempioni yaponiyalik Naoya Inoue (29-0, 26 KO) o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (13-1, 10 KO) bilan bo‘ladigan jang haqida gapirdi. 

Men sentyabr oyida Murodjon Ahmadaliyevga qarshi jang qilishim kerak. Hozirda ushbu kunni intiqlik bilan kutyapman. Kuchli jangchilarga qarshi ringga tushganimda, o‘zimning eng yaxshi tomonlarimni namoyon qila olaman. Bu o‘zim ham bilmagan imkoniyatlarimni ochib beradi. Shu bois bu jangning istalgan lahzasida kutilmagan narsa bo‘lishi mumkin. Ahmadaliyev aynan shunday saviyadagi jangchi, deydi Inoue.

Ma’lumot uchun Naoya Inoue dastlab 4-may kuni Las-Vegasda Ramon Kardenasga (26-1, 14 KO) qarshi ringga chiqadi. Agar u ushbu jangda g‘alaba qozonsa, 14-sentyabr kuni Tokioda Murodjon Ahmadaliyev bilan to‘qnash keladi.

Ahmadaliyev hozirda WBA vaqtinchalik chempionlik kamariga ega. U anchadan beri Inoue bilan jang qilishni talab qilib kelgan. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar