Daryo

Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi vaqtinchalik WBA kamari uchun bahs olib boradi

1 daqiqa o‘qish39 170 ko‘rishlar0 izoh0

Birinchi yarim yengil vaznda sobiq jahon chempioni, WBA kamari uchun rasmiy daʼvogar Murodjon Ahmadaliyev 14-dekabr kuni jang qilishi ma’lum bo‘ldi.

Foto: DAZN

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi vaqtinchalik WBA kamari uchun jang o‘tkazadi. Murodjon Ahmadaliyev (12-1, 9 KO) 14-dekabr kuni Monte-Karlo shahrida Matchroom promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan professional boks oqshomining markaziy jangida ringga ko‘tariladi.

O‘sha kuni 29 yoshli Ahmadaliyev meksikalik 27 yoshli Rikardo Espinoza Frankoga qarshi ringga ko‘tariladi.

Murodjon Ahmadaliyev ushbu jang haqida fikr bildirdi.

“Ishga qaytganimdan xursandman. Aftidan, bu P4P yulduzi, yaʼni Inoue hali katta chaqiruvlarga tayyor emas ekan. Mendan qochishda davom etaversin. Men baribir o‘zimga tegishli narsani qo‘lga kiritaman. Murodjonni kuting, dekabr ancha qaynoq bo‘ladi”, dedi 29 yoshli charm qo‘lqop ustasi.

Avvalroq Promouter Bob Arum yaponiyalik bokschi Naoya Inouening keyingi ikkita jangi kimlarga qarshi bo‘lishini va uning rejalarida o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev yo‘q ekanini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev shu vaqtga qadar professional boksda 13 marta ringga ko‘tarilib, janglarining 12 tasida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Rikardo Espinoza esa 34 marta ringga ko‘tarilib, 30 ta jangda g‘alaba qozongan, 4 ta bahsda mag‘lubiyatga uchragan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar