Daryo

Andijonda “valyutchik”lar ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

1 daqiqa o‘qish5 028 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Maʼlum qilinishicha, fuqaro A.K. tumanning “Guliston” MFY hududida fuqaro Sh.E.ga 3 100 dollarni 39,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlandi. 

Tezkor tadbir jarayonida 5 250 dollar, 94 850 rubl, 1 000 qirg‘iz somi va 50 yevro ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Qo‘lga olinayotgan “valyutchik”lar

Avvalroq Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlarida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlangan edi. Shuningdek, Andijon viloyatining Baliqchi hamda Oltinko‘l, Buxoro viloyatining Peshku tumanida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlangan.

Shu bilan birga, Samarqand viloyatining Ishtixon hamda Oqdaryo tumanlarida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olingan.

Bundan tashqari, Samarqand viloyatining ikki tumani, shuningdek, Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlangan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar