Daryo

Samarqandning ikki tumanida “valyutchik”lar ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

1 daqiqa o‘qish5 026 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyatining Ishtixon hamda Oqdaryo tumanlarida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Maʼlum qilinishicha, Ishtixon tumanida fuqarolar B.U. va D.T. fuqaro Q.Yu.ga jami 3 200 dollarni 41,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Ulardan jami 4 637 dollar va 2 000 rubl ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, Oqdaryo tumanidagi “Mustaqillik” MFY hududida fuqaro D.R. fuqaro M.M.dan jami 3 300 dollarni 41,9 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Navoiy va Andijonda “valyutchik”lar ushlangani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar