Daryo

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 8-dekabr kuni qor yog‘adi

Yakshanba kuni shimoldan sovuq havo massalari kirib kelishi boshlanadi

1 daqiqa o‘qish93 892 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonga 8-dekabrda shimoldan sovuq havo massalari kirib kelishi boshlanib, ayrim joylarda qor yog‘adi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, 6—7-dekabr kunlari quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat respublika shimolida shanba kuni baʼzi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha baʼzi joylarga tuman tushadi.

Havo harorati asosan kechalari 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi.

8-dekabrda havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuqni, shimolda kechasi 5-10 daraja sovuqni, kunduzi 2-7 daraja sovuqni tashkil etadi. Shu kuni respublika bo‘yicha baʼzi joylarda qor yog‘adi.

Ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushadi.

Toshkentda 6—7-dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat asosan kechalari 1 daraja sovuq — 1 daraja iliq, kunduz kunlari 2-5 daraja iliq bo‘ladi. 8-dekabrda kuchsiz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-4 daraja sovuq bo‘ladi.

Kelgusi haftaning boshida O‘zbekiston bo‘yicha harorat kechalari 5-10 daraja sovuqqacha (Toshkentda 6-8 daraja sovuqqacha), shimolda 13-18 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda. Kunduz kungi harorat deyarli o‘zgarmaydi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar