Daryo

O‘zbekistonlik ayol dunyoning “100 ayoli” ro‘yxatiga kirdi 

Mazkur ro‘yxatda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibasi Nadya Murod ham bor

1 daqiqa o‘qish251 267 ko‘rishlar1 izoh2

O‘zbekistonlik Dilorom Yo‘ldosheva 2024-yilgi dunyoning “100 ayoli” ro‘yxatidan o‘rin oldi, unda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibasi Nadya Murod ham bor. BBC dunyoning ilhomlantiruvchi va ta’sirga ega 100 nafar ayollari ro‘yxatini taqdim etdi.

Foto: BBC

Dilorom Yo‘ldosheva 2022-yil hosil yig‘imi paytida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida ikkala oyog‘idan ayrilgan. Biroq bu fojia uni tushkunlikka tushirmadi. U yangi ko‘nikmalarni o‘rganish va yosh o‘zbek ayollariga daromad topishda yordam berishni istadi. Shu sababli Yo‘ldosheva o‘zining tikuvchilik korxonasini ochishga qaror qildi.

U tadbirkorlik va resurslarni boshqarish asoslarini o‘rganib, 40 dan ortiq ayolga tikuvchilik hunarini o‘rgatdi. Bir necha oyda uning korxonasi sezilarli darajada kengaydi. Yo‘ldosheva ishchilar va maktab o‘quvchilari uchun forma tikish bo‘yicha shartnomalar imzoladi. O‘shandan buyon uning biznesi nafaqat o‘zi, balki o‘nlab boshqa ayollar uchun ham daromad manbayiga aylandi.

“100 ayol” qanday tanlandi?

Har yili BBC’ning “100 ayol” loyihasi dunyo bo‘ylab ishi va hayoti ilhomlantiradigan 100 nafar ayolning nomlarini e’lon qiladi. Barcha ayollar ismlari ro‘yxatdan joy olishiga rozilik beradi.

Nomzodlar joriy yildagi loyihaning umumiy mavzusiga mosligi bo‘yicha ham baholandi. Asosiy tushuncha sifatida “bardoshlilik” so‘zini tanladik. E’tirof etamizki, bu yil butun dunyo bo‘ylab ko‘plab ayollar uchun juda qiyin bo‘ldi. Shu bois o‘z bardoshliligi tufayli xoh o‘z atrofidagi, xoh global miqyosda bo‘lsin, o‘zgarishlar va hayotni yaxshilashga bor kuchi bilan intilayotganlarni tanlab olishga harakat qildik, deydi BBC jamoasi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar