Daryo

Hasanboy Do‘smatovni nega “professor” deb chaqirishadi? Bokschining o‘zi buning sababini aytdi

Do‘smatov keyingi Olimpiadada ham qatnashib, uch karra chempion bo‘lish niyati borligi aytdi

1 daqiqa o‘qish59 242 ko‘rishlar0 izoh0

Boks bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov nega uni “professor” deb chaqirishlarini aytdi. Bokschi bu haqda MOQ matbuot xizmatiga bergan intervyusida taʼkidlagan.

Foto: MOQ matbuot xizmati

Do‘smatov keyingi Olimpiadada ham qatnashib, uch karra chempion bo‘lish niyati borligini aytdi.

– Los-Anjeles yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqalar boshlanguncha professional boksda chempionlik kamari uchun tushishga ulgurasizmi?

Albatta, bunday reja bor. Professional boksda ham chempionlik kamarini qo‘lga kiritishni niyat qilganman. Buning uchun imkoniyatim yetarli. Hozir men o‘z vaznimda WBA yo‘nalishida majburiy daʼvogar bo‘lib turibman.

– Sizga berilgan “professor” nomining kelib chiqishi qanday?

Bu nomni murabbiylarimiz To‘lqin Qilichyev va Rahmatjon Ro‘ziohunov 2022-yilgi Osiyo chempionatining finalida qozog‘istonlik Saken Bibosinov bilan jangda qo‘yishgan. Birinchi raundda imkoniyatni boy berdim. Keyin mening burchagimda xavotir boshlandi. Shunda murabbiylarimga suv va kapamni beringlar, hozir o‘zim hisobni to‘g‘rilayman dedim va vaziyatni o‘nglab keldim. Yaʼni qaysi vaziyatda nima qilish kerakligini bilganim uchun shundan beri ular meni “professor” deyishadi.

Avvalroq dzyudo bo‘yicha Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova ham ayni vaqtda jarohatlarini davolayotganini aytgandi.

Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi Svetlana Osipova esa ayni paytda tiklanayotgani, shuningdek, mashg‘ulotlar ham to‘xtab qolmaganini maʼlum qilgandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar