Daryo

Boks bo‘yicha JCH. Final oldidan vazn o‘lchash va face-to-face marosimi o‘tkazildi

Jahon chempionati finaliga yo‘l olgan 6 nafar o‘zbekistonlik bokschining barchasi Rossiya terma jamoasi vakillariga qarshi bahs olib boradi.

1 daqiqa o‘qish13 070 ko‘rishlar0 izoh2

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda. Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkil etilgan musobaqaning final bosqichida O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar bokschisi — Hasanboy Do‘smatov, Abdumalik Halokov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Javohir Ummataliyev, To‘rabek Xabibullayev va Arman Maxanov Jahon chempionligi uchun ringga chiqadi.

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida to‘liq tarkibda (13 nafar bokschi) ishtirok etdi. Finalga yo‘l olgan 6 nafar bokschining barchasi rossiyalik charm qo‘lqop ustalariga qarshi bahs olib boradi.

  • -51 kg: Hasanboy Do‘smatov — Bair Baltayev (Rossiya)
  • -60 kg: Abdumalik Halokov— Vsevolod Shumkov (Rossiya)
  • -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Yevgeniy Kul (Rossiya)
  • -80 kg: Javohir Ummataliyev — Jambulat Bijamov (Rossiya)
  • -92 kg: To‘rabek Xabibullayev — Muslim Gajimagomedov (Rossiya)
  • +92 kg: Arman Maxanov — David Surov (Rossiya)

Bugun o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari final oldidan face-to-face hamda vazn o‘lchash marosimida ishtirok etishdi.

Musobaqaning yarim final bosqichida O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar bokschi ringga chiqdi. Ularning 6 nafari g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasiga ega chiqqan edi. 2 nafar bokschi mag‘lubiyatga uchradi va bronza medaliga ega chiqdi. Shuningdek, World Boxing tomonidan tashkil etilgan Jahon chempionati g‘olibi Fazliddin Erkinboyev qo‘lidagi jarohati sabab jangda ishtirok eta olmadi. U ham bronza medali bilan taqdirlandi.

IBA Jahon chempionatida 13 ta vazn toifasida janglar tashkil etildi. Finalga Rossiya terma jamoasi eng ko‘p — 12 nafar bokschi bilan yetib keldi. Keyingi o‘rindan O‘zbekiston (6) va Qozog‘iston (4) jamoalari joy olgan.

Rossiya – 12 nafar bokschi

O‘zbekiston – 6 nafar bokschi

Qozog‘iston – 4 nafar bokschi

Ozarbayjon – 1 nafar bokschi

Belarus – 1 nafar bokschi

Qirg‘iz Respublikasi – 1 nafar bokschi

Tojikiston – 1 nafar bokschi

Final janglari, ertaga 13-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar