Daryo

Samarqandda 3 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga jazo tayinlandi

Urgutda Cobalt va Damas to‘qnashgandi

1 daqiqa o‘qish16 940 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyatining Urgut tumanida Cobalt va Damas to‘qnashishi oqibatida uch kishi vafot etgandi. Aybdor haydovchiga jazo tayinlandi.

Foto: Samarqand viloyati YHXB

YTH 29-iyul kuni sodir bo‘lgan. 2003-yilda tug‘ilgan Cobalt haydovchisi Urgut—G‘o‘s yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, 1991-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Damas bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Damas haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida, yana bir yo‘lovchi esa shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, yana ikki nafar Damas yo‘lovchilari va Cobalt avtomobili haydovchisi tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

“Millar” dasturida xabar qilinishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi JIB Urgut tumani sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 3 yilga avtotransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilib, unga nisbatan 9 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar