Daryo

Toshkentda isitish mavsumi 7-noyabrdan boshlanadi

5-noyabrdan issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi

1 daqiqa o‘qish11 687 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahar hokimligi 7-noyabrdan issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich taʼminlash ishlari boshlanishini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, fuqarolarning ko‘plab murojaatlari va meteorologiya xizmati maʼlumotlariga muvofiq Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida 2024-yil 5-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.

7-noyabrdan issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.

O‘tgan yillarda O‘zbekistonda issiqlik berilgan sanalar:

  • 2023-yil — 6-noyabr;
  • 2022-yil — 24-oktyabr;
  • 2021-yil — 14-oktyabr;
  • 2020-yil — 17-oktyabr;
  • 2019-yil — 30-oktyabr.

Avvalroq Toshkent shahar hokimi issiqlik taʼminoti narxini 15 foizga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilgani haqida xabar berilgan edi. Yangi tariflar to‘g‘risidagi qaror 12-sentyabr kuni xalq deputatlari poytaxt Kengashi tomonidan qabul qilingandi.

Veolia Energy tomonidan ko‘rsatiladigan markazlashgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun quyidagi narxlar tasdiqlandi:

  • tartibga solinadigan bazaviy narx va byudjet tashkilotlari tarifi amaldagi darajasida — 664 465 so‘m/Gkal va 801 963 so‘m/Gkal;
  • aholi uchun 121 617 so‘m/Gkal;
  • boshqa ulgurji tashkilotlarga 244 497 so‘m/Gkal.

Barcha narxlar qo‘shilgan qiymat solig‘isiz ko‘rsatilgan.

Veolia Energy matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, poytaxtda mavjud 217 ta  qozonxonaning 29 tasida mukammal  ta’mirlash ishlari olib borilgan. 76 kilometr eskirgan issiqlik quvurlari almashtirildi va 1,32 kilometr issiqlik tarmoqlari yer ostiga olindi. 47,1 kilometr issiqlik tarmoqlaridagi izolyatsiya qoplamasi qayta tiklanib, 12 ta nasos stansiyalari mukammal ta’mirlandi. 92 ta nasos stansiyasi esa joriy ta’mirlandi. 1512 ta zulfinlar almashtirildi. Bu yillik rejani 129 foizga bajarish degani. Shuningdek, qish mavsumida zarur bo‘ladigan zaxira anjomlari 100 foiz hozirlab qo‘yilgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar