Daryo

Qirg‘izistonda 12 yillik maktab ta’limi joriy etiladi

Ma’lum qilinishicha, mazkur o‘zgarish 2025-yil boshidan kuchga kiradi

1 daqiqa o‘qish19 970 ko‘rishlar0 izoh0

Qirg‘izistonda 2025-yil boshidan 12 yillik ta’lim tizimi joriy etiladi.

Bu haqda hukumat matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasining qarori bilan respublikaning 12 yillik umumiy taʼlim tizimiga o‘tish konsepsiyasi tasdiqlandi, dasturni amalga oshirish 2025-yildan boshlanadi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

12 yillik maktabni tamomlaganlik haqidagi guvohnoma 2027—2028-o‘quv yilidan boshlab beriladi.

Foto: “Report.az”

Shu paytgacha Qirg‘iziston maktablarida 11 yillik maktab ta’lim tizimi mavjud edi.

Avvalroq Qirg‘izistonda o‘qituvchilarning o‘rtacha maoshi 26 ming 400 som (20-oktyabrdagi kurs bo‘yicha 3 million 941 ming so‘mdan ziyod) ekani ma’lum qilingandi. 

“2022-yilda o‘qituvchilarning o‘rtacha maoshi mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqi bilan tenglashdi, bu esa hatto universitet ustozlari uchun ham maktabda ishlashni jozibador qildi”, degan  mamlakat ta’lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayev.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar