Daryo

“Chechenistondagi dron hujumi oqibatida ukrainalik asirlar halok bo‘ldi” — Ramzan Qodirov

U respublikadagi har bir strategik obyektda 10 tagacha ukrainalik harbiy asir saqlanayotganini aytdi

1 daqiqa o‘qish19 991 ko‘rishlar0 izoh0

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublikaga uchirilgan dron hujumi oqibatida ukrainalik harbiy asirlar halok bo‘lganini aytdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr

29-oktyabr kuni Chechenistondagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti dron hujumiga uchradi. Qodirov shu kuni universitet tomi yonib ketgani, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘qligini aytdi. Shuningdek, u Ukrainadan qasos olishga va’da berdi.

Biroq 30-oktyabr kuni Checheniston rahbari jurnalistlar bilan suhbatda dron hujumida ukrainalik harbiy asirlar halok bo’lganini ta’kidladi.

O‘quv markazi (Rossiya maxsus kuchlari universiteti) frontning eng murakkab joylarida o‘z ko‘nikmalarini samarali qo‘llay oladigan yuqori malakali jangchilarni tayyorlaydigan markazdir. Ular yuzlab muhim strategik aholi punktlari, obyektlar va chegaralarni zabt etishda katta xizmat ko‘rsatgan.

Oldin aytganimdek, hujum natijasida bizning tomonimizdan qurbonlar yo‘q. Ammo! Ular ukrainalik asirlar orasida bor. Respublikadagi har bir strategik obyektda 10 tagacha ukrainalik asir saqlanmoqda, shu jumladan Rossiya maxsus kuchlari universitetida ham. Kiyev bizga zarar yetkazmoqchi bo‘lib, o‘z askarlarini halok qildi. Bundan keyin Ukraina shuni tushunishi kerakki, bunday hujumlar avvalo o‘z fuqarolariga zarar keltiradi, dedi Ramzan Qodirov.

U universitetga qilingan hujum uchun qasos olinishi, komandirlar o‘zlariga yuklatilgan vazifani bajarishini ta’kidladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar