“Yagona Rossiya” partiyasi bo‘lajak saylovlarda Ramzan Qodirov nomzodini Checheniston Respublikasi rahbari lavozimiga ilgari surdi. Qaror partiyaning Grozniy shahridagi mintaqaviy bo‘limi konferensiyasida delegatlar tomonidan e’lon qilindi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Checheniston hukumati raisi va partiyaning hududiy bo‘limi kotibi Magomed Daudovning ma’lum qilishicha, tegishli qaror bir ovozdan qabul qilingan. Ramzan Qodirov Chechenistonni 2007-yilning aprel oyidan buyon boshqarib keladi. U 2016 va 2021-yillarda ham qayta saylangandi. Respublikada navbatdagi saylovlar yagona ovoz berish kuni — 20-sentyabrda bo‘lib o‘tadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2026-yil aprel oyi oxirida Kremlda Ramzan Qodirov bilan amaliy uchrashuv o‘tkazgandi. O‘shanda davlat rahbari Qodirovga ishonishini ta’kidlagan. Putinning qayd etishicha, Checheniston rahbari xalq va davlat oldidagi burchini vijdonan bajarib kelmoqda. Rossiya prezidenti Qodirov uni uyaltirib qo‘ymasligiga ishonch bildirgan.
Avvalroq o‘zbekistonlik taniqli MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevga Ramzan Qodirovga tegishli bo‘lgan “Axmat” jangovar klubi tomonidan yangi “Roewe M7 DMH” rusumidagi avtomobili sovg‘a qilingani haqida xabar berilgandi.








