Daryo

Ramzan Qodirov “majburlikdan” Checheniston rahbarligi uchun saylovda qatnashishini aytdi

“Agar mendan so‘rashsa, boshqa nomzodni tanlagan bo‘lardim”, dedi u. Qodirov 2007-yildan buyon respublikani boshqarib kelmoqda.

1 daqiqa o‘qish3 982 ko‘rishlar0 izoh2

Checheniston rahbarligiga nomzodi qo‘yilgan Ramzan Qodirov “majburlikdan” unda ishtirok etishini aytdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

“Yagona Rossiya” partiyasi 6-iyul kuni Qodirovning nomzodini bir ovozdan ma’qulladi. Uning o‘zi esa rahbarlikni katta mas’uliyat deb bilishini, biroq saylovda ishtirok etishga tayyorligini aytdi.

“Agar mendan so‘rashsa, boshqa nomzodni tanlagan bo‘lardim, chunki bu katta mas’uliyat, bu qanchalik murakkab vazifa ekanini bilaman. Saylovga majburlikdan ketyapman, deyishim mumkin. Ishonchim komil, xalq qo‘llab-quvvatlaydi. Agar xalq qo‘llab-quvvatlasa, ular uchun xizmat qilishga tayyorman”, dedi u.

Checheniston rahbari, shuningdek, hokimiyat mintaqaning rivojlanish yo‘nalishini o‘zgartirish niyatida emasligini ta’kidladi.

“Men xalqqa kelgusida nimadir qilishimiz borasida yangi hech narsa va’da qilmayman. Biz nima qilgan bo‘lsak, nima qila olsak, shuni qilamiz. Keyinchalik respublikadagi vaziyat qanday bo‘lishini ko‘ramiz”, dedi Qodirov va hozirgi jamoa “yaxshi soat kabi ishlayotganini” ta’kidladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2026-yil aprel oyi oxirida Kremlda Ramzan Qodirov bilan uchrashuv o‘tkazgandi. O‘shanda davlat rahbari Qodirovga ishonishini ta’kidlagan. Putin Checheniston rahbari xalq va davlat oldidagi burchini vijdonan bajarib kelayotganini aytib, Qodirov uni uyaltirib qo‘ymasligiga ishonch bildirgan.

Ramzan Qodirov Chechenistonni 2007-yilning aprel oyidan buyon boshqarib keladi. U 2016 va 2021-yillarda ham qayta saylangandi. Respublikada navbatdagi saylovlar sentyabrda bo‘lib o‘tadi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar