Daryo

Chechenistonda Putin nomidagi maxsus kuchlar universitetiga dron hujum qildi

Ramzan Qodirov ilk bor noma’lum dron hujumi haqida ma’lumot berdi

1 daqiqa o‘qish21 264 ko‘rishlar0 izoh0

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 29-oktyabr kuni respublikadagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti dron hujumiga uchraganini ma’lum qildi. Bu haqda Qodirov o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.

Foto: Telegram

Bu Checheniston hukumati vakillari tomonidan e’lon qilingan ilk dron hujumi hisoblanadi.

Bugun ertalab soat 6:30 da Gudermesda uchuvchisiz qurilma hujumi natijasida Rossiya maxsus kuchlari universiteti hududidagi bo‘sh binoning tomi yonib ketdi. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in o‘chirilgan, dedi Qodirov. 

Rossiya maxsus kuchlari universiteti jangovar zonalarga yuborish uchun harbiylarni ham tayyorlaydi. Ommaviy axborot vositalari uni Rossiyadagi eng yirik yollash markazlaridan biri sifatida tilga oladi. 

Hozirda tergov organlari hujum yuzasidan tekshiruv olib bormoqda, jinoyatga aloqador shaxslarni aniqlash bilan shug‘ullanmoqda. Universitet faoliyati to‘xtatilmagan, barcha xizmatlar odatdagi tartibda ishini davom ettirmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar