Daryo

Promouter Bob Arum Naoya Inouening keyingi ikki jangi haqida ma’lumot berdi 

Ular orasida Murodjon Ahmadaliyev yo‘q

1 daqiqa o‘qish29 959 ko‘rishlar0 izoh0

Promouter Bob Arum yaponiyalik bokschi Naoya Inouening keyingi ikkita jangi kimlarga qarshi bo‘lishini ma’lum qildi. Uning rejalarida o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev yo‘q.

Naoya keyingi jangini IBF yo‘nalishida rasmiy da’vogar 25 yoshli avstraliyalik Sem Gudmenga (19-0, 8 КО) qarshi o‘tkazadi. Jang 24-dekabr kuni Tokioda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

2025-yilning ikkinchi yarmida Inoue WBC chempioni Junto Nakataniga (28-0, 21 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Jang AQSHda bo‘lib o‘tadi.

26 yoshli Nakatani ayni vaqtda The Ring talqiniga ko‘ra, P4P reytingida 9-o‘rinda bormoqda. U Inoue bilan jang qilish uchun vaznini ko‘tarishga tayyorligini bildirgan.

Naoya kecha, 3-sentyabr kuni mutlaq jahon chempionligi unvonini himoya qilgandi. Tokioda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida yaponiyalik sportchi Ti Jey Doeniga qarshi jang qilib, yettinchi raundda uni nokautga uchratgan. Inouening zarbasidan so‘ng Doeni jangni davom ettirolmasligi ma’lum bo‘lgandi. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar