Daryo

Ayrim talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati 1-dekabrgacha uzaytirildi

Qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizini to‘lashi lozim

1 daqiqa o‘qish11 888 ko‘rishlar0 izoh0

2024/2025-o‘quv yilida OTMlarning ayrim bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 1-dekabrgacha uzaytirildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Quyidagi talabalar uchun muddat uzaytirilgan:

  • bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
  • qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
  • o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.

Bunda qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizini to‘lashi lozim.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshiradi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar