Daryo

Jasur Jaloliddinov faoliyatini Ozarboyjonda davom ettiradi 

22 yoshli futbolchi yangi klubida 77-raqamda o‘ynaydi

1 daqiqa o‘qish9 695 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Olimpiya jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov faoliyatini legioner sifatida davom ettiradi. Yarim himoyachi Ozarboyjon chempionatiga yo‘l oldi.

Foto: Instagram

“Sumgait” klubi Jasur Jaloliddinov bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi. 22 yoshli futbolchi yangi klubida 77-raqamda o‘ynaydi.

Ma’lumot uchun, “Sumgait” klubi Ozarboyjon chempionatida 10 turdan so‘ng 7 ochko jamg‘arib 8-o‘rinni egallab turibdi.

Avvalroq “Neftchi” klubi Jaloliddinov bilan do‘stona xayrlashganini e’lon qilgandi.

Futbolchi 1-davradan keyin Farg‘ona klubi mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan. Yakunda klubni erkin agent sifatida tark etdi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar