Daryo

O‘zbekiston U-23 so‘nggi 10 yilda ilk bor Osiyo Kubogi yarim finaliga chiqa olmadi

Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa 2026-yilgi U-23 Osiyo Kubogi chorak finalida Xitoyga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, turnir bilan xayrlashdi.

1 daqiqa o‘qish4 224 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo Kubogi chorak finalidan Xitoyga mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa Xitoy 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi so‘nggi 10 yil ichida ilk bor musobaqa yarim finaliga chiqa olmadi.

So‘nggi marta O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo Kubogida kuchli to‘rtlikdan tashqarida qolgan holat 2016-yilda qayd etilgan. O‘shanda jamoa “C” guruhida 3 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinni egallagan edi. Shundan so‘ng jamoa U-23 Osiyo Kubogida 4 marotaba ishtirok etib, quyidagi natijalarga erishgan:

  • 2018-yil — chempion
  • 2020-yil — 4-o‘rin
  • 2022-yil — kumush medal
  • 2024-yil — kumush medal

Ma’lumot uchun, 2028-yilgi Los-Anjeles Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida ushbu turnirda O‘zbekiston U-21 terma jamoasi ham ishtirok etdi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa chorak finalda Xitoyga qarshi maydonga tushdi. O‘zbekiston asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda durang qayd etganiga qaramay (0:0), penaltilar seriyasida 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar