Daryo

“Mening bog‘cham” loyihasi bo‘yicha ovoz berish boshlandi

Jamoatchilik yangi quriladigan hamda rekonstruksiya qilinadigan bog‘chalarga ovoz beradi

1 daqiqa o‘qish7 932 ko‘rishlar0 izoh0

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 15-oktyabr kuni “Mening bog‘cham” loyihasining ovoz berish bosqichi boshlanganini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Ochiq byudjet” axborot portalida “Mening bog‘cham” loyihasi doirasida 2025-yil uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturi uchun yangi quriladigan hamda rekonstruksiya qilinadigan bog‘chalarga aniqlik kiritish bo‘yicha ovoz beriladi.

Ovoz berish jarayoni “Bir fuqaro — bir ovoz” tamoyili asosida o‘tkaziladi va 25-oktyabr 10:00 gacha davom etadi.

Loyihalar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin. Unda 451 ta tashabbus keltirilgan bo‘lib, ovoz berishda g‘olib deb topilgan loyihalar uchun jami 397 550 040 800 so‘m ajratiladi.

Yangi “Mening bog‘cham” loyihasi orqali mamlakatda bog‘chalar qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilishda jamoatchilik ishtirokini taʼminlamoqchimiz. Bu byudjet mablag‘lari samarali sarflanishida muhim ahamiyatga ega, degan edi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakili Sirojiddin Qutliyev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda.

2025-yilgi davlat byudjetidan bog‘chalar qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashga ajratiladigan mablag‘larning 50 foizi “Mening bog‘cham” loyihasi doirasida sarflanadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar