Daryo

AQSH ilk bor Isroilga havo hujumidan mudofaa tizimini joylashtiradi

Murakkab tizimni boshqarish uchun askarlar ham yahudiy davlatiga yuborilishi mumkin

1 daqiqa o‘qish20 221 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH birinchi marta Isroilga THAAD raketaga qarshi mudofaa komplekslarini berish masalasini ko‘rib chiqmoqda, ammo hali qaror qabul qilinmagan. Bu haqda Amerika amaldoriga tayanib, The Times of Israel xabar berdi.

Foto: AQSH raketaga qarshi mudofaa agentligi

Bundan avval bir qator Isroil manbalari AQSH Eronning raketa hujumiga Isroilning kutilayotgan javobi uchun tayyorgarlik ko‘rish doirasida yahudiy davlatida ballistik raketaga qarshi mudofaa tizimini joylashtirishini aytgandi. Bu rejaga ko‘ra, AQSH mazkur tizimni boshqarish uchun Isroilga o‘z harbiy kuchlarini ham yuboradi.

AQSH Yaqin Sharq va Yevropa bo‘ylab joylashgan mudofaa tizimlarining keng doirasiga, jumladan Patriot tizimlariga ega. Mutasaddilar bir necha oylardan beri mintaqada qanday turdagi tizimlarni joylashtirish masalasini muhokama qilmoqda. THAAD’ning Isroilga har qanday joylashuvi murakkab tizimni boshqarish uchun askarlar yuborishni o‘z ichiga oladi.

Bir yil avval AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yaqin Sharq hududida AQSH kuchlarini himoyasini kuchaytirish va Isroil mudofaasiga ko‘maklashish maqsadida THAAD batareyasi hamda qo‘shimcha Patriot batalonlarini joylashtirish to‘g‘risida farmoyish berdi.

Kongress tadqiqot xizmatining aprel oyidagi hisobotiga ko‘ra, AQSH armiyasi yettita THAAD batareyasiga ega. Odatda, har bir batareya oltita yuk mashinasiga o‘rnatilgan raketalar, 48 ta interseptor, radio va radar uskunalaridan tashkil topgan bo‘lib, uni boshqarish uchun 95 nafar harbiy xizmatchi talab etiladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar