Daryo

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralarining o‘sishi bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinni egalladi

O‘n yil ichida O‘zbekistonning oltin zaxirasi 154 tonnaga oshgan

1 daqiqa o‘qish18 803 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston 2013—2023-yillarda oltin zaxiralarini faol oshirayotgan davlatlar ro‘yxatida oltinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Jahon oltin kengashining hisobotida ma’lum qilindi.

O‘n yil ichida O‘zbekistonning oltin zaxirasi 154 tonnaga oshgan.

Foto: Bloomberg

Zaxiralarni oshirish bo‘yicha Rossiya yetakchi bo‘ldi — 1,3 ming tonna. Xitoy 1,2 ming tonna bilan ikkinchi, Turkiya esa 424 tonna bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Qozog‘istonda oltin zaxiralari 151 tonnaga oshgan bo‘lib, bu mamlakat dunyo reytingida yettinchi o‘rinda turibdi.

Markaziy banklarning qariyb 29 foizi 2025-yilda oltin zaxiralarini oshirishni rejalashtirmoqda, bu 2018-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar