Daryo

Namanganda maktab o‘quvchisi boshqargan Gentra yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi, haydovchi vafot etdi

Yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Gentra’ni voyaga yetmagan bolalar ijaraga olib boshqarib ketayotgan bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish19 180 ko‘rishlar0 izoh0

Namangan viloyatida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Gentra’ni voyaga yetmagan bolalar ijaraga olib boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Bu haqda  Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Namangan shahrida 2-oktyabr kuni Gentra va “Zil” to‘qnashib ketgan. Aniqlanishicha, 5 nafar maktab va texnikum o‘quvchilari tomonidan Gentra ijaraga olingan. Voyaga yetmagan yigit katta tezlikda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqdan o‘tib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib “Zil” bilan to‘qnashgan.

Gentra’ni boshqargan 17 yoshli haydovchi yo‘lda vafot etgan. Qolgan 4 nafar (3 nafari 17 yosh, bir nafari esa 15 yosh) jabrlanuvchi esa og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar