Navoiy viloyatining Konimex tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 4 kishi vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Hodisa 22-fevral kuni yuz bergan. Avtomashinada 22 yoshli yigit va uning sheriklari boʻlgan. Avtohalokatdan so‘ng olingan videolar ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqalgandi. Unda avtomashina YTHdan so‘ng ayanchli holga kelib qolgani aks etgandi.
Navoiy viloyati IIB ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro voqea joyida, yana ikki kishi esa shifoxonada vafot etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtohalokatga quvib o‘tish qoidalarini buzish sabab bo‘lgan.
Respublikada shu kabi avtohalokatlarning oldini olish maqsadida masʼullar hamda haydovchining hamkasblari ishtirokida muhokama yigʻilishi oʻtkazilgan.
Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan avval Toshkentda Nexia, Gentra va Cobalt toʻqnashgani xabar qilingandi. Poytaxtda Leapmotor C16 bilan to‘qnashish oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketgandi.








