Daryo

Toshkentda Cobalt va Changan to‘qnashuvi oqibatida YTH sodir bo‘ldi (video)

Haydovchilar shifoxonaga olib ketilgan

1 daqiqa o‘qish5 282 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahar Chilonzor tumanida Cobalt va Changan to‘qnashuvi oqibatida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXB xabar berdi. 

Foto: YHXB

Ma’lum qilinishicha, hodisa 3-oktyabr kuni soat 19:40 larda Chilonzor tumani Do‘mbirobod ko‘chasi 128-uy qarshisida sodir bo‘lgan. 2000-yilda tug‘ilgan Z.N. boshqaruvida bo‘lgan Changan rusumli transport vositasi va 1994-yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt to‘qnashgan. 

Foto: YHXB

YTH natijasida tan jarohat olgan Cobalt va Changan haydovchilariga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryoda ikki avtomobil to‘qnashuvidan to‘rt kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchi vafot etgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar