Daryo

Toshkent viloyatida YPX xodimiga 5 mln so‘m pora berishga uringan mast haydovchi ushlandi

Xodim to‘xtatib tekshirgan Cobalt haydovchisining mast holatda ekani ma’lum bo‘lgan. U javobgarlikdan qutulib qolish uchun inspektorga pul taklif qilgan.

1 daqiqa o‘qish3 970 ko‘rishlar0 izoh1

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida mast holda avtomobil boshqargan va qoidabuzarlikni yashirish uchun YPX xodimiga pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 7-iyul kuni O‘rta Chirchiq tumani Qorasuv mahallasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori o‘z harakatlarida shubha uyg‘otgan Cobalt avtomobilini to‘xtatgan. Haydovchining hujjatlarini tekshirish davomida xodimda uning spirtli ichimlik iste’mol qilgani yuzasidan gumon paydo bo‘lgan. Haydovchi spirtli ichimlik ichganini tan olib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan. Shundan so‘ng inspektor ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Haydovchi jazodan qutulib qolish maqsadida inspektorga pul taklif qila boshlagan. Xodimning bu haqdagi bildirgisiga asosan, tezkor tadbir o‘tkazilgan. Natijada haydovchi YPX xodimiga 5 million so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘rta Chirchiq tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Ijtimoiy tarmoqqa YPX xodimi bilan kelishmovchilik videosini joylashtirgan haydovchi uzr so‘ragani xabar qilingandi. Boshqa bir holatda esa Jizzaxda 100 ming so‘m pora olgan PPX inspektori 20,6 million so‘m jarimaga tortilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar