Daryo

Andijonda “Dunyo sadolari” festivaliga qancha mablag‘ sarflangani ma’lum qilindi

Viloyat hokimligi xalqaro milliy estrada san’ati festivali natijasidagi yirik iqtisodiy o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi

2 daqiqa o‘qish67 776 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyatining Xonobod shahrida 29—31-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada san’ati festivaliga barcha manbalar hisobidan jami 6 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Bu haqda viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Tadbirda O‘zbekiston va dunyo estradasi yulduzlari, xususan, Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova, Rayhon G‘aniyeva, Hamdam Sobirov, qozog‘istonlik Jah Khalib, Jony, dunyoga mashhur ruminiyalik xonanda Inna ishtirok etdi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu festivalga jahon yulduzlari tashrif buyurishi keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Shuningdek, jurnalistlarning “Dunyo sadolari” festivaliga kiritilmayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Muslimbek Ibrohimov buni rad etib, barcha jurnalist va OAV vakillar kiritilishini tashkil qilganini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Viloyat hokimligi bergan axborotga ko‘ra, ushbu xalqaro tadbir aholi uchun samarali tomonlama yirik iqtisodiy o‘zgarishlarni ham yasadi. Qayd etilishicha, festival davomida Xonobod shahriga mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilar soni 2,5 barobarga (2 million nafar) ortdi. Tadbirkorlik subyektlarida tushum keskin ortdi. Jumladan, 2024-yilning 7 oyi davomida tushum 48 milliard so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, (shundan 29—31-iyul kunlari 8,5 milliard so‘mga yetgan) o‘tgan yilning mos davrida nisbatan ikki barobarga ko‘p.

“Bu ko‘rsatkichlar Xonobod shahridagi tadbirkorlik subyektlari va aholi daromadi oshganligini ko‘rsatmoqda”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar soni o‘tgan 2023-yilda 48 tani tashkil etgan bo‘lsa. 2024-yildagi xalqaro tadbir davomida doimiy faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik faoliyatlari soni 230 taga ko‘payib, qariyb besh barobarga ortdi.

Mehmonlarga xizmat ko‘rsatuvchi dala hovli va uy mehmonxonalaridagi yotoq joylar soni 1900 tani tashkil qilgan bo‘lsa 2024-yilda bu raqam 6 mingdan ortdi. Ayniqsa, aholi daromadlarini oshirish, ish bilan ta’minlash va kam daromadli fuqarolarning daromadini oshirishda “Sayxunobod”, “Uychi” tajribasi asosida 600 dan ortiq xonadonlarda uy-mehmonxonalar tashkil etildi.

Festivaldan “Daryo” tayyorlagan eksklyuziv reportajni quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar