Daryo

Andijonda mayning ferma tashkil etgan xonadon aniqlandi

Xonadon egasi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, davlatga 133 mln so‘m zarar yetkazgan

1 daqiqa o‘qish13 996 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon tumanida mayning ferma tashkil etgan xonadon aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Andijon tuman bo‘limi va ETK xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro O‘.A. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “Qoraqalpoq” MFYdagi xonadonida 14 ta to‘plamdagi “Bitmain” mayning kripo-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 133,2 million so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Toshkent shahar Yangihayot tumanida mayning ferma tashkil etgan xonadon aniqlangani, Samarqandda mayning ferma tashkil etgan shaxs 91 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar