Daryo

Andijonda Damas va Nexia-3 ishtirokidagi YTHda bir yo‘lovchi jarohat oldi

Hodisa Nexia-3 qayrilib olish qoidasiga rioya qilmagani tufayli kelib chiqqan

1 daqiqa o‘qish12 193 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Oltinko‘l tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, 2-iyun kuni Andijon tumanidan Oltinko‘l tumaniga qarab harakatlanib ketayotgan 26 yoshli X.J. o‘zining Nexia-3 rusumli transport vositasida qayrilib olish joyida qarama-qarshi tomondan kelayotgan Damas rusumli transport vositasini o‘tkazib yubormasdan keskin ortga qayrilib yuborgan.

Ushbu YTH oqibatida Damas rusumli transport vositasidagi yo‘lovchi N.Z. tan jarohati olib tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.

Hozirda holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Andijon viloyatida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan yigit mashina boshqarib, avtohalokat sodir etgani, Toshkent viloyatida boshqaruvni yo‘qotgan Damas transport vositasi kanalga tushib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar