Daryo

Sergelidagi portlash oqibatida jami 163 kishi jabrlandi — SSV 

Vazirlik 2006-yilda tug‘ilgan bir nafar o‘smir voqea joyida vafot etganini tasdiqladi

1 daqiqa o‘qish25 961 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahar Sergeli tumani “Quruvchilar” dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, ushbu hodisa oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 nafarni tashkil etmoqda.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Shundan jami 24 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Toshkent viloyati filiali, Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasi, 1-sonli Respublika va 1-sonli shahar klinik shifoxonalari hamda 1-sonli shahar tug‘uruqxonasiga yotqizilgan.

Qolgan 138 nafar jabrlangan aholi vakilining salomatligi yaxshi bo‘lgani uchun ambulator tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.

Hodisa oqibatida 2006-yilda tug‘ilgan bir nafar o‘smir bola voqea joyida vafot etgan va shifoxonaga tiriklik alomatlari bo‘lmagan holda olib kelingan.

“Ayni paytda yuqoridagi shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar orasida o‘ta og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q. Ularning salomatligi qoniqarli”, — deyiladi xabarda.

Bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun jarroh, travmatolog, neyroxirurg, nevropatolog, yuz-jag‘ jarrohi, akusher-ginekolog kabi respublikamizning eng yetakchi mutaxassislari jalb qilingan. Davolash muassasalarida tezkor va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha zarur dori-darmon zaxirasi yaratilgan.

Toshkent hokimligi Sergelidagi portlash bo‘yicha vaziyat to‘liq nazoratga olinganini ma’lum qildi. Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqovning qayd etishicha, portlashda jabrlangan uy egalariga yetkazilgan zarar qoplanadi.

  • Sog‘liqni saqlash vazirlining maʼlum qilishicha, portlash oqibatida jarohatlanganlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Toshkent viloyati filialiga olib kelingan.
  • Uzbekistan Airports ga ko‘ra, Toshkentdagi portlash poytaxt aeroporti faoliyatiga taʼsir qilmagan.
  • Voqea poytaxt aeroporti faoliyatiga taʼsir ko‘rsatmagan, “Toshkent” xalqaro aeroporti cheklovlarsiz odatiy rejimda ishlamoqda.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar