“O‘zgidromet” iyul oyida anomal issiq kutilmayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 9–10-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi va harorat ko‘tarila boshlaydi. Issiq ob-havoning cho‘qqisi 11–13-iyul kunlariga to‘g‘ri keladi. Kunduzi havo harorati 39-42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-45 darajagacha ko‘tariladi.
Biroq bu issiq davr uzoq bo‘lmaydi. 13-iyuldan respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga, 14-iyuldan barcha hududlarga Kavkazdan salqinroq havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat foni 3-5 darajaga pasayadi. Haroratning eng sezilarli pasayishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kuzatiladi — havo harorati 5-7 darajaga pasayadi.
Iyul oyining oxirigacha haroratni qisqa muddatga ko‘tarilishi kuzatiladi, lekin hozirda anomal issiq kutilmayapti.
Izoh (0)